» » Fotojamlanma: Kim Chen In haqida qiziqarli faktlar

Fotojamlanma: Kim Chen In haqida qiziqarli faktlar


Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In dunyoda eng sirli siyosatchilardan biri. O‘zi, oilasi, qiziqishlari, odatlari, xarakteri haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q. Sputnik Kim Chen In hayotining ommaga ma’lum bo‘lgan ayrim faktlarini keltirib o‘tdi.

KXDR rahbarining mashhur zirhli poyezdi butun dunyo e’tiborini o‘ziga tortgan.

Poyezd Kim Chen Inga otasi Kim Ir Sendan qolgan. U 10 tadan 17 tagacha bo‘lgan zirhri vagonlarni o‘z ichiga oladi.

Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z xavfsizligiga juda jiddiy qaraydi. Chet el safarlariga borganda shahar bo‘ylab o‘zining zirhli limuzinida harakatlanadi.

Kim Chen In Singapurga tashrif buyurganida jamoatchilik o‘nlab qo‘riqchilarning zirhli limuzin atrofida yugurganini qiziqish bilan kuzatgan.

Kim Chen Inni umumiy hisobda 15 mingta shaxsiy qo‘riqchilar, 120 nafar xavsizlik xizmati xodimlari va maxfiy tank rotalari qo‘riqlaydi.

Vladivostokdagi vokzalda vokzal devorining bir qismini buzishga to‘g‘ri kelgan. Aks holda prezident limuzini shaharga chiqa olmasdi.

Yaqinda OAVlar Kim Chen Inning shaxsiy suratkashi davlat rahbariga juda yaqin kelib uni to‘sib qo‘ygani uchun ishdan olingani haqida ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya rahbarining shaxsiy hayoti doimo sir saqlanib kelinayotganiga qaramasdan, o‘z rafiqasi Li Sol Chjuni ommaga ko‘rsatgan.

Li Sol Chju 25—28 yosh atrofida ekanligi va uning uchta farzandi borligi ma’lum.

Shimoliy Koreya yetakchisi aviahalokatlarni oldini olish maqsadida faqat zirhli poyezdda harakatlanadi. Shunga qaramay, o‘zining shaxsiy samolyotida tushgan kamyob suratlari ham uchrab turadi.

Jiddiy mamlakat yetakchisi suratlarida uni kamdan kam holda kulganini ko‘rish mumkin.

2018-yilda Singapurda tarixda birinchi marta AQSh prezidenti va Shimoliy Koreya yetakchisi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

24-aprel kuni Kim Chen In o‘zining zirhli poyezdidda Rossiyaga keldi. 25-aprel kuni mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan muzokalar olib borishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют