» » OAV: Kim Chen In 25-aprel kuni Rossiyaga keladi

OAV: Kim Chen In 25-aprel kuni Rossiyaga keladi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24-aprelga o‘tar kechani chegaradosh Radjin shahrida o‘tkazadi, so‘ng Rossiyaga yo‘l oladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

25-aprel kuni Russkiy orolida, Uzoq Sharq federal universiteti kampusida Vladimir Putin va Kim Chen Inning muzokaralari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Universitet talabalariga 23-apreldan 27-aprelga qadar ta’til berilgan.

Shu kunning o‘zida Putin Xitoyga, “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumiga jo‘nab ketadi. Kim Chen In esa Vladivostokda qoladi va shahardagi otasi Kim Chen Ir 2002-yilda tashrif buyurgan joylar bilan tanishadi.

Shimoliy Koreya yetakchisiga 230 kishidan iborat katta delegatsiya hamrohlik qilmoqda. Ularning barchasi Rossiyaga zirhli poyezdda keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют