» » Vladivostokda Kim Chen Inning shaxsiy samolyotini payqashdi

Vladivostokda Kim Chen Inning shaxsiy samolyotini payqashdi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsiy samolyoti deb hisoblanuvchi Chammae-1 samolyotini 9-iyul kuni Vladivostokda payqashdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.

Flightradar 24 resursi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot 9-iyul kuni kunduzi Rossiya aeroportiga qo‘ngan va uch soatdan so‘ng Pxenyanga qaytib ketgan.

Chammae-1 bortida KXDR yetakchisi bo‘lgan-bo‘lmaganligi noma’lum. Yonhap manbalari Vladivostokka Kim Chen Inning Sharq iqtisodiy forumida ehtimoliy ishtirokiga tayyorgarlik uchun Shimoliy Koreya rasmiy shaxslari kelganligini taxmin qilmoqda. Forum sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.

31-may kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDRga tashrifi davomida Shimoliy Koreya yetakchisiga Vladimir Putinning Rossiyaga tashrif buyurish haqidagi taklifini taqdim etgan edi. KXDR va Rossiya yetakchilari uchrashishi mumkin bo‘lgan joylardan biri Vladivostok ekanligi ma’lum qilingan edi. Shimoliy Koreya hozircha rasmiy javob qaytarmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют