» » “Lukoyl” O‘zbekistondagi mavjud loyihalarga yana 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi

“Lukoyl” O‘zbekistondagi mavjud loyihalarga yana 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi


“Lukoyl” O‘zbekistondagi mavjud loyihalarga qo‘shimcha 2 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 25-aprel kuni Rossiya kompaniyasining rahbari Vagit Alekperov Buxoro viloyatidagi “Qandim” gazni qayta ishlash kompleksi hududida bo‘lib o‘tgan, kompaniya direktorlar kengashi sayyor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

“Kompaniya bizning mavjud loyihalarimizda katta investitsiya sikliga ega. Kelajakda ‘Hisor’ va Qandim guruhi konlarida gaz qazib olishni kamaytirish uchun 2 milliard dollar yo‘naltirishimiz kerak”, — dedi Alekperov jurnalistlarga.

Vagit Alekperovning ma’lum qilishicha, “Lukoyl” respublika hududida yangi uglevodorodlar zaxiralarini topish va yangi invetitsiyalar kiritishni rejalashtirmoqda.

“O‘rganish boshlangan uchta blok - bu juda katta ish. Respublika rahbariyati oldida kompaniya o‘z zimmasiga olayotgan mas’uliyat barcha ishni o‘z vaqtida bajarishga imkon beradi. Shuning uchun biz ushbu ob’ektlar bo‘yicha ishlaymiz, deb o‘ylayman”, — deya qo‘shimcha qildi Alekperov.

O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonovning umid qilishicha, yaqin kelajakda yangi yo‘nalishlarda “Lukoyl” bilan hamkorlik kengaytiriladi.

“Xususan, bu geologiya-qidiruv ishlaridir. Navoiy viloyatidagi uchta investitsion blok bo‘yicha materiallar ‘Lukoyl’ga topshirildi. Bu juda istiqbolli yo‘nalish. Umid qilamizki, gazni chuqur qayta ishlash sohasida ishlashni davom ettiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют