» » Rossiya tashqi ishlar vaziri 2—3-may kunlari Toshkentga tashrif buyuradi

Rossiya tashqi ishlar vaziri 2—3-may kunlari Toshkentga tashrif buyuradi


Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2—3-may kunlari Toshkentga keladi, deya xabar bermoqda “TASS” vazirlik rasmiy vakili Marya Zaxarovaga tayanib.

“2—3-may kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishchi tashrif bilan Toshkentga boradi, — dedi u. — 2-may kuni TIV rahbari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilinadi, ushbu davlat tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar ham rejalashtirilgan”.

Muzokaralar chog‘ida Vladimir Putinning 2018-yil 18—19-oktabrdagi O‘zbekistonga davlat tashrifi  chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilinadi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Bundan tashqari, Lavrov O‘zbekiston rahbariyati bilan Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish istiqbollarini ham muhokama qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют