» » Shavkat Mirziyoyevning Xitoydagi uchrashuvlari, Tuyabo‘g‘izda tutilgan bahaybat baliq, Qashqadaryoda vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan fuqaro va kunning boshqa xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Xitoydagi uchrashuvlari, Tuyabo‘g‘izda tutilgan bahaybat baliq, Qashqadaryoda vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan fuqaro va kunning boshqa xabarlari


25-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi 25-aprel kuni ertalab Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan boshlandi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 25-aprel kuni “Dyaoyuytay” qarorgohida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

Shundan keyin Pekin shahrida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan ham uchrashdi.

***

24-aprel kuni Tuyabo‘g‘iz suv omborida kattaligi qo‘ydek keladigan baliq tutildi.

Baliq tortib ko‘rilganda uning og‘irligi 35 kilogrammni tashkil etgan.

***

Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi oqibatida jabrlangan fuqaro vertolyot orqali kasalxonaga yetkazildi.

Noqulay ob-havo, yo‘llardagi nosozlik, shuningdek, qishloq va tuman markazi o‘rtasidagi uzoq masofa tufayli bemorga zudlik bilan yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmagan.

***

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi.

Ular jabrlanuvchi fuqaroning do‘sti — O‘zbekiston fuqarosi M.S.dan 300 ming tanga talab qilgan. Aniqlanishicha, jinoyatchilar avvalroq M.S.dan qo‘rqitish usuli bilan 100 ming tanga undirgan.

***

Qo‘yliqdagi suv bosgan ko‘chada Nexia “Titanik” kabi suzdi.

Nexia avtomobili yo‘lovchilari qo‘llaridagi cho‘tka yordamida go‘yoki eshkak eshayotganini ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют