» » Toshkentda sovuq suv narxining oshgani haqida aholiga bir kun otgach elon qilindi

Toshkentda sovuq suv narxining oshgani haqida aholiga bir kun otgach elon qilindi


Toshkentda 24-apreldan etiboran sovuq suvning narxi oshirildi, deya xabar beradi Podrobno.

Ajablanarli tomoni tariflar kotarilgan haqida aholiga 25-aprel kuni elon qilingan. Yangi tariflar Toshkent shahar hokimining 2-aprel kungi qarori asosida joriy etilgan. Yani, poytaxt hokimligida ushbu malumotni aholiga yetkazish uchun bir oy vaqt bolgan.

Markaziy issiq suv taminoti bolgan kop qavatli uy-joy aholisi uchun 1 kubometr sovuq suv narxi 1050 som (avval 850 som), markaziy issiq suv taminoti bolmaganlar uchun 715 som (avval 615 som) etib belgilangan.

Kanalizatsiyasi mavjud bolgan xususiy uy egalari uchun 1 kubometr suv 715 som (avval 615 som), kanalizatsiyasiz 380 som. Oxirgi holat boyicha tarif ozgartirilmagan.

Sovuq suvga umumiy stavkada hisoblagichsiz tolayotganlarni katta ozgarishlarni kutmoqda. Ular uchun 24-apreldan 1-mayga qadar ikki marta narx kotariladi.

Shunday qilib, 24-apreldan boshlab bir kishi uchun kanalizatsiya, ichki suv taminoti, dush, hammom yoki dush bilan jihozlangan uylarning fuqarolari 9083,15 som (avval 8933,22) tolashi kerak. 1-maydan etiboran esa narx ikkinchi marta 10116,43 somga kotariladi.

Kanalizatsiya va markazlashtirilgan issiq suv bilan taminlangan uy-joylar va umumiy turar joylarda aprel oyida bir kishi uchun suv taminoti 10263 somni (avvalgi 9937,13), may oyida esa 11944,63 somni tashkil etadi.

Suv taminoti, kanalizatsiya va markazlashgan issiq suv bilan taminlangan yotoqxonalarda aprel oyi boshida bir kishi uchun suv narxi 5318,1 som (avval 5149,24 som), 1-maydan esa 6189,49 somni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-04-2019, 09:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -