» » “Novza” turar joy kompleksida yashash uchun 10 sabab

“Novza” turar joy kompleksida yashash uchun 10 sabab


“Novza” turar joy kompleksi 1,8 ga maydonda joylashgan uch 7 qavatli binoni o‘zida jamlagan. Kompleks tarkibiga 202 ta xonadon kirib, shulardan 34 tasi — ikki qavatli. Har bir xonadon shiftining balandligi — 3,30 metr.

Estetika va funksionallik

“Novza” turar-joy kompleksidagi asosiy dekorativ elementlar 1,5 qatorga terilgan birinchi toifali fasad g‘ishti, travertin va keramogranitdan iborat. Fasadning tashqi qiyofasiga putur yetkazmaslik maqsadida konditsionerlarni yashirish uchun dekorativ fibrobeton qo‘llangan.

Hovli

Kompleks tashqarisida suhbatlashib o‘tirishga mo‘ljallangan joylar, sun’iy suv havzalari, sayr qilish uchun ko‘rkam bezatilgan yo‘laklar va bolalar maydonlari joylashgan.

Keksa yoshli kishilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sershovqin bolalar maydonidan uzoqda stol va o‘rindiqlar tashkil etilgan. Yashil zona va favvoralar kompleksda yashovchilarni salqin havo bilan ta’minlab, sharqona qulaylik muhitini yaratadi.

Yo‘laklar

“Novza” TJKda sharqona uslubdagi bejirim yo‘laklar dizaynini uchratasiz.

Ularning har birida domofonlar, naqshinkor eshiklar, mozaika, takomillashtirilgan yevropacha liftlar o‘rnatilgan. Keng va yorug‘ zinapoya marshlari ko‘chish yoki ta’mirlov amalga oshirishda katta predmetlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Yerosti parking

Parking foydalanuvchilari qulayligi uchun avtoturargohga avtomobilini qo‘yishni istaganlarning navbat poylashi oldi olinib, kirish va chiqish geometriyasi ko‘zda tutilgan. Bizning uylarimizdagi yerosti avtoturargohlari to‘siqsiz kirish qismi hamda eng quyi qavatlar va xonadonlar o‘rtasida harakatlanuvchi yuk tashish lifti bilan ajralib turadi.

Zamonaviy liftlar

Golden House‘ning individual buyurtmasiga ko‘ra, turar-joy kompleksida Kone kompaniyasi (Finlyandiya)ning bir tonnagacha yukni ko‘tara oluvchi sig‘imli va keng liftlarini joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Ularning asosiy ustuvor jihatlari — sokin va osoyishta ish, ventilyatsiya tizimi, shuningdek noyob dizayn — uzoq yillar davomida bu xonadonlarda yashovchilarga mukammal xizmat qiladi.

Eshik masalasi

Zamonaviy kirish eshigi — nafaqat uy egasining nufuzi va xavfsizligi ramzi, balki iliqlik va osoyishtalik kafolati hamdir.

“Novza” TJKning barcha xonadonlari yuqori sifatli 120 kg‘li Torex eshiklari bilan jihozlangan, ular maxsus ishlanma tufayli yengil yopiladi. Bunday eshiklarning qulfi yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, zarblardan buzilmaydi.

Xonadonlar egalari haqiqiy himoya bilan ta’minlanadi.

Derazalar

Germaniyaning Gealan dereza oynalari yuqori texnologiyali RAU-FIPRO materialidan ishlangan. Profilning 6 kamerali tuzilmasi va 74 mm tizimli chuqurligi hisobiga inshootning qulay mikroiqlimiga erishiladi. Bunday derazalar sokinlik va osoyishtalikdan zavq olish imkonini beradi, hatto uyingiz avtoyo‘l yaqinida joylashgan bo‘lsa ham.

Xonadon dizayni sovg‘a sifatida

Xonadon hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng uning egalariga Design House by Lubov Safronova ixtisoslashtirilgan studiyasida dizayn loyihasini ishlab chiqish uchun kupon taqdim etiladi.

MMG

MMG boshqaruv kompaniyasi — bu huquqiy, texnik va kommunal masalalarni o‘z ichiga olgan ko‘chmas mulkning to‘liq boshqaruvi.

? Aholi istaklaridan kelib chiqib, personal uy boshqaruvchisining kundalik ishini tashkil qilish;

? Turar joy kompleksi hududi (yo‘laklar, uy oldi maydon)ga kirishni nazorat qilishga doir ishlarni ta’minlash;

? Turar joyning muhandislik uskunalari ekspluatatsiyasi;

? Parvarish va joriy ta’mirlashga doir xizmatlar;

? Uylarni mavsumiy ekspluatatsiyaga tayyorlash;

? Kommunal xizmatlarni hisobga olish tarmoqlari xizmati;

? Uzluksiz favqulodda ta’mirlash xizmati;

? Umumiy foydalanish joylari va uy oldi hududni tozalash ishlari;

? Chiqindini olib ketish.

Joylashuv

Kompleksning ilk qavatlarida kafe va restoranlar, shuningdek Di Sport, Sckechers, Ecco kabi mashhur brendlar do‘konlari xizmat ko‘rsatadi.

Turar joy kompleksi yonida supermarketlar, Yevropa va milliy taomlar restoranlari, tamaddixonalar, bozorlar, Toshkentdagi birinchi batut markazi, G‘ofur G‘ulom nomidagi park va “Bunyodkor” sport kompleksi mavjud.

“Novza” metro bekatiga yetib olish uchun 5 daqiqadan kam vaqt ketadi.

2018-yilning dekabrida “Novza” turarjoy kompleksidagi uch uy ham kadastrga ega bo‘ldi, bugunga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kompleks 75 foizga sotilgan va bu obyektning yakuniy topshirilishigacha bo‘lgan ko‘rsatkichdir.

Savdo bo‘limi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami: 150-11-11

Golden House ofisi manzili:

Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi 1.

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, Darxon.

“Novomoskovskaya” turar joy kompleksi

Bot: @goldenhouseuz_bot

Канал: @goldenhouseuz

Facebook: www.facebook.com/goldenhouseuz

Instagram: www.instagram.com/goldenhouseuz

LittleBudha InBlack

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют