» » Dunyodagi eng uzun “Qiyomat suvosti kemasi” suvga tushirildi (foto)

Dunyodagi eng uzun “Qiyomat suvosti kemasi” suvga tushirildi (foto)


23-aprel kuni Severodvinsk shahrida “Belgorod” 09852 loyihasining dunyodagi eng uzun bo‘lgan noyob suvosti atom kemasi suvga tushirilgan, deya xabar beradi Tengrinews.

Maxfiylik darajasi yuqori bo‘lgani bois, jurnalistlarga kemaning to‘liq video va suratini olish taqiqlangan.

OAV vakillari yangi suv osti kemasiga “qasos quroli” va “Qiyomat suvosti kemasi” deb nom bergan. U “Poseydon” yadroviy torpedasining tashuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. “Poseydon” shuningdek “Status-6” — Rossiyaning katta chuqurlikda va yuqori tezlikda harakatlana oladigan atom elektr stansiyasiga ega bo‘lgan uchuvchisiz suv osti transport vositasining loyihasi sifatida ham mashhur.

Uning asosiy vazifasi global urush yuz bergan taqdirda potensial dushman qirg‘og‘iga juda kuchli yadroviy qurolni yetkazishdan iborat.

“Poseydon”ning ehtimoliy nishonlari sifatida aviatashuvchi zarba guruhlari bo‘ladi, bu esa uni avvalgi loyihalardan farqidir. 09852 loyihasining suvosti kemasi uzunligi 184 metr, bu esa dunyoning eng katta suvosti kemasi “Akula” kreyseridan 11 metrga ko‘p. “Belgorod” uzunligi bo‘yicha yirik Amerika suvosti kemasa “Ogayo”ni ham ortda qoldiradi. Uning uzunligi 170 metrni tashkil qiladi. “Poseydon”dan tashqari suvosti kemasi oddiy 650 millimetrli va 533 millimetrli torpedalarni ham tashiydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yil davomida “Belgorod” suvosti kemasi va “Poseydon” torpedosi birgalikda sinovdan o‘tkaziladi. 2020—2021-yillarda butun tizimni Rossiya harbiy dengiz flotiga qabul qilish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют