» » G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi (foto)

G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi (foto)


Jizzax viloyatidagi Milliy gvardiya harbiy qismi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan 21 ta xonadonga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdi, deb xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Viloyatda 23—24-aprel kunlari yoqqan tinimsiz yomg‘ir natijasida vujudga kelgan sel oqibatidagi suv toshqinidan G‘allaorol tumani “Moltop” qishlog‘idagi ko‘plab xonadonlar moddiy va ma’naviy zarar ko‘rgan edi.

Milliy gvardiyachilar va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mazkur xonadonlarga moddiy yordam bilan birgalikda seldan zarar ko‘rgan xonadonlarni tiklash ishlariga ham amaliy yordam berdi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: G‘allaoroldagi Juma qishlog‘i aholisi sel tufayli tuman markazi bilan aloqa o‘rnata olmayapti (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют