» » Turkistondagi Yassaviy qabri yaqinida inson qoldiqlari topildi (video)

Turkistondagi Yassaviy qabri yaqinida inson qoldiqlari topildi (video)


Qozog‘istonning Turkiston shahrida quruvchilar poydevor uchun chuqur qazish ishlari vaqtida ikki metr chuqurlikdan inson qoldiqlarini topdi, deya xabar bermoqda Tengrinews.

Suyaklar Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi yaqinida sharqona hammom qurilayotgan joydan topilgan. Inson qoldiqlari u yerga qanday tushib qolgani hozircha noma’lum.

Mahalliy arxeologlarning fikricha, quruvchilar XVI —XVIII asrlarga oid qadimiy qabristonga duch kelgan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar zudlik bilan arxeologik ekspertiza o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Biroq qurilish olib borilayotgan hudud xususiy bo‘lgani bois, u yerda tekshiruv ishlarini olib borish qiyin kechadi. Qayd etish joiz, arxeologlar qurilish boshlanishidan avval ham mazkur joyni tadqiq etish zarurligi haqida ogohlantirgan.

Yangilik mahalliy aholi orasida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Ular qachonlardir maqbara yaqinida qabriston bo‘lganini yodga olmoqda.

“Bu yerlarda qabrlar bo‘lgan. Odamlar o‘z yaqinlarini maqbaraga yaqin joyda ko‘mishga harakat qilgan. Marhumlarni bezovta qilib bo‘lmaydi. Ularni kafanga o‘rab, Qur’on tilovat qilib, qayta ko‘mish lozim”, — deydi Sunatulla Xoliqberdiyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют