» » Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda ayblangan vyetnamlik ayol 3-may kuni ozodlikka chiqadi

Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda ayblangan vyetnamlik ayol 3-may kuni ozodlikka chiqadi


Shimoliy Koreya rahbarining akasi — Kim Chen Namning o‘ldirilishida ayblangan Vyetnam fuqarosi 3-may kuni ozodlikka chiqadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Bu xabarni 30 yoshli ayolning advokati tasdiqlagan bo‘lib, uning so‘zlariga ko‘ra, Doan Txi Xuong kunning birinchi yarmida ozod etiladi va kechga borib vataniga uchib ketadi.

Malayziya oliy sudi 1-aprel kuni unga qo‘yilgan ayblov moddasini qasddan odam o‘ldirishdan o‘limga olib kelgan sog‘liqqa shikast yetkazish moddasiga qayta ixtisoslashtirgan. Natijada u uch yil-u to‘rt oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Advokatning aytishicha, ayolning qamoqda vaqtincha hibsda saqlangan vaqti ham hisobga olingan.

Shu bilan birga, mart oyida yana bir gumonlanuvchi 26 yoshli Indoneziya fuqarosi Siti Aysha to‘g‘ri sud zalidan ozod qilingan. Davlat ayblovchisi kutilmaganda undan barcha ayblovlarni bekor qilgan va qiz o‘sha kuniyoq vataniga qaytgan. Dastlab prokurorlar ayollar qotillikka tayyorgarlik ko‘rilishini oldindan bilgan deb topgan va ularga o‘lim jazosini so‘ragan.

Kim Chen Nam 2017-yilning 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportidan kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u notanish odam yuziga noma’lum suyuqlik sepib, qochib ketganini aytgan va kuchli bosh aylanishidan shikoyat qilgan.

Malayziya hukumati o‘lim asabni falajlovchi taqiqlangan modda ta’sir etishi oqibatida kelib chiqqanini ma’lum qilgan.

Deyarli jinoyat sodir etilgan paytdayoq qizlar bilan bir qatorda KXDR fuqarosi ham qo‘lga olingan. Keyinchalik dalillar yo‘qligi sababli u qo‘yib yuborilgan va o‘sha zahotiyoq mamlakatdan deport qilingan. Malayziya politsiyasi jinoyat sodir etilgan kuni yana to‘rt nafar Shimoliy Koreya fuqarosi Kuala-Lumpurni tark etgan va ular hozirda Pxenyanda deb hisoblamoqda. Ular Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют