» » Putinning qizi deb taxmin etilayotgan Mariya Voronsova genetikani rivojlantirish kengashiga kirdi

Putinning qizi deb taxmin etilayotgan Mariya Voronsova genetikani rivojlantirish kengashiga kirdi


The New Times va Reuters nashrlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb atagan Mariya Voronsova Genetik texnologiyalarni rivojlantirish ilmiy-texnik dasturini amalga oshirish bo‘yicha kengash tarkibiga kirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Hujjatda Voronsova Rossiya ilm-fanni rivojlantirish uyushmasi prezidiumining a’zosi deb atalgan. Uyushmaning saytida ham u presidium a’zosi deb ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, uning Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Endokrinologik ilmiy markazga bevosita aloqadorligi aytilgan.

“Odatda bunday savollarga javob bermaymiz”, – deydi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov qizning Putinning farzandimi degan savolga javoban.

Eslatib o‘tamiz, OAVlar Voronsovani Vladimir Putinning taxminiy to‘ng‘ich qizi deb atayotgani haqida xabar bergan edik. 

Voronsovaning hayoti haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, u 1985-yil 28-aprelda tug‘ilgan va bir necha marta familiyasini o‘zgartirgan.

The New Times axboroti bo‘yicha, qiz Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetida 2006-yildan 2011-yilgacha “Voronsova” familiyasi ostida tahsil olgan. Ushbu ism-sharifdan tashqari, Mariya Putina yana to‘rt xil familiyadagi hujjatlardan foydalangan.

Putinning to‘ng‘ich qizi gollandiyalik tadbirkor Yorrit Faassenga turmushga chiqib, uning familiyasiga o‘tgan. Faassen 2007-yilda “Gazprom”da biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimini egallagan, ammo keyinroq kompaniyani tark etib, konsalting sohasiga ishga o‘tgan edi (u yaqin vaqtgacha “MEF Audit” direktorlar kengashini boshqargan).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют