» » Kim Chen In nega Rossiyaga keldi? Poroshenko Ukrainaga qanday meros qoldirdi? Jahon matbuoti sharhi

Kim Chen In nega Rossiyaga keldi? Poroshenko Ukrainaga qanday meros qoldirdi? Jahon matbuoti sharhi


“Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

Husayn Salomiy — “Islom inqilobi qo‘riqchilari”ning yangi bosh qo‘mondoni

AQSh Eronning ballistik raketalar dasturi va Yaqin Sharqdagi harbiy faoliyatiga bosim o‘tkazish maqsadida sanksiyalar joriy qilganiga qaramasdan, rasmiy Tehron o‘z raketa qurollarini takomillashtirishdan voz kechmadi.

Eron va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta keskinlashgani manzarasida Eron oliy rahbariyati Oyatulloh Xomanaiy  Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga “sayyorani AQSh va Isroil beboshliklaridan tozalashga ahd qilgan” generalni  qo‘mondon qilib tayinladi. Husayn Salomiyga yakshanba kuni general-mayor rutbasi berildi va u 2007-yildan beri korpusga rahbarlik qilib kelayotgan general-mayor Muhammad Ali Ja’fariyning o‘rnini egalladi.  59 yoshli general Eron – Iroq urushlari faxriysi bo‘lib, xizmat pog‘onalaridan birin-ketin yuqorilab, harbiy-kosmik kuchlar qo‘mondoni vazifasini bajarib turgan edi.

Isroil qurolli kuchlari Eron ta’siri kuchli bo‘lgan Iroq, Suriya, Livandagi shialar guruhlari yahudiy davlatchiligi uchun eng birinchi darajali xavf deb e’lon qildi va aynan shu kelajakdagi urush uchun sabab bo‘lishi mumkinligini e’tirof etdi.

Vashingtondagi Demokratiyani himoya qilish jamg‘armasining ilmiy xodimi Behnom bin Tolibli so‘zlariga ko‘ra, “Eron inqilobiy qo‘riqchilarini boshqargan Salomiyning tajribasi raketalarga nisbatan siyosat va gap so‘zlarda albatta o‘z ifodasini topadi”. O‘z fikriga qo‘shimcha tarzda Behnom bin Tolibli “Eron inqilobiy qo‘riqchilari Suriya va Livanda shialar qo‘l ostidagi raketa zaxiralarini yaxshilashga yordam bermoqda”, deb aytadi.

Salomiy o‘zining bir qator chiqishlarida Isroilni Yer xaritasidan o‘chirib tashlash borasida fikrlar bildirgan (Isroil oxirgi yillarda Suriyaga 300 dan ortiq raketa hujumlari uyushtirgan).

Eron inqilobi qo‘riqchilari rahbariyatidagi o‘zgarish AQSh hukumati mazkur tashkilotni terroristik harakat deb qora ro‘yxatga kiritganidan ozgina vaqt o‘tib yuz bermoqda.

Ayni paytda Salomiy tutgan pozitsiya so‘z urushlaridangina iborat bo‘lib turgan bir vaziyatda rasmiy Tehron sabrning tagi oltin degan naqlga amal qilmoqda.

Kim Chen In – Putin rasmiy uchrashuviga sabab nima?

Bu ikki rahbarning ilk uchrashuvidir, qolaversa mazkur sammit-shou ikki mamlakatning Vashingtonga ham birgalikda yuborgan o‘ziga xos signalidir, deb yozmoqda Der Spiegel nashri.

Vladimir Putin hali Xitoy, hali AQSh rahbarlari bilan muzokaralarda band bo‘lib yurgan Shimoliy Koreya rahbariga bir necha marta takliflar yuborgan edi. Shimoliy Koreya rahbari nazdida AQSh bilan olib borilgan muzokaralar natija beravermagach, Vyetnamdagi oxirgi uchrashuv esa barbod bo‘lgach, bu Rossiya tarafga yuzlanishga imkon berdi.  Rossiya va Shimoliy Koreya chegarasi 17 kilometr bo‘lsa-da, Rossiya Uzoq Sharqda o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lishni istaydi.

Putin, o‘z navbatida, Shimoliy Koreya uchun ko‘p narsalarni va’da qila olmaydi, sababi — sanksiyalar ikki tarafning ham imkoniyatini ancha cheklab qo‘ygan. Ammo Kim Chen In uchun Rossiya rahbari bilan ommaviy axborot vositalarida birga tushgan rasmlarining e’lon qilinishining ham o‘z ramziy ma’nosi bor. Muzkoralar olib borishning boshqacha yo‘llari borligini ayniqsa Tramp bilsin. Shimoliy Koreya Rossiya tarafiga u ishonadi, og‘ir vaziyatda yordamga keladi deb o‘ylaydi. Tarixga nazar solinsa, 1950-1953 yillarda SSSR KXDRga tiklanish uchun yordam ham ko‘rsatgan.

Kim uchun iqtisodiy tayanch ham birlamchi masala. KXDR Xitoyga iqtisodiy qaramlikdan ham qutulmoqchi. 2020-yilda KXDR va Rossiya iqtisodiy sherikligi hajmini 2 milliard dollarga yetkazsihga maqsad ham qilib oldi. Ammo bunga qanday erishiladi, noma’lum.

“Kommersant” nashrining yozishicha, taraflar barter asosida, to‘lovlarsiz mahsulot almashishdan foydalanmoqochi. Ammo bu jabhada o‘rtada katta nomutanosiblik mavjud. Misol uchun, o‘tgan yili savdo hajmi quyidagicha bo‘lgan: Rossiya eksporti 32 million dollarni, Shimoliy Koreya eksporti 2 million dollarni tashkil etgan.

Bu tizimda iqtisodiy ma’no yo‘q, agarki qandaydir bir yashirin sxemalar haqida gap ketmayotgan bo‘lsa, albatta.

Putinning Kim Chen In bilan uchrashuvi qisqa bo‘ladi. Shundan so‘ng Shimoliy Koreya rahbari Xitoyga Si Szin Pin  bilan uchrashuvga yo‘l oladi. Rossiya va Shimoliy Koreya umidlari ro‘yobga chiqadimi yoki yo‘q, vaqt ko‘rsatadi.

Hokimiyatni topshirar ekan, Poroshenkodan ziddiyatlarga to‘la meros qolmoqda

The Financial Times nashrining yozishicha, Poroshenkoning yakshanba kungu saylovlarda qaqshatqich zarbaga uchrashi uning vakolatlarini kamsitish bilan tugatilganini anglatadi, sababi — ukrain saylovchilarining to‘rtdan uch qismi uni inkor qildi. Uning raqibi, komik Volodimir Zelenskiy uning ayblarini fosh qilgan va saylovchilar hurmatiga erishgan nomzod bo‘lib siyosat sahnasiga chiqdi. Zelenskiy saylov arafasida Poroshenkoga yuzlanib, “men sizning hukmingizman, men sizning xatolaringiz natijasiman” degan xitoblarini barchangiz eslasangiz kerak.

Shunga qaramay, Poroshenko o‘zining sovet zamonidan qolgan Ukrainani o‘zgartirish hissi bilan amalini tark etmoqda va 2024-yildagi saylovda ham ishtirok etish niyatida.

Poroshenko G‘arb poytaxtlarida Rossiyaga qarshi turgani, Xalqaro valyuta jamg‘armasidan milliardlab qarz olib, keng miqyosli islohotlar o‘tkazgani, ayirmachilarga qarshi (13 mindan ortiq qurbon berilgan bo‘lsa-da) 5 yil mobaynida urush olib borgani bilan ham izzat-ikromda.

Shunday bo‘lsa-da, kommunal to‘lovlarning to‘xtovsiz oshib borgani, qattiqqo‘l siyosat yuritgani noroziliklar o‘sishiga olib keldi.

Poroshenkoning mag‘lubiyatiga, shungdek, korrupsiya mashmashalari ham sabab bo‘ldi, deyish mumkin.

Poroshenkoning qaytish borasidagi va’dalarini ro‘yobga chiqarish oson bo‘lmaydi. Seshanba kuni bosh vazir V. Groysman Poroshenko partiyasidan ajralib chiqib, o‘z guruhini tuzmoqchi ekanini e’lon qildi. Ustiga-ustak, Poroshenkoning eng yaqin uch safdoshi ishi tergov mahkamasida.

Ukrainaliklar oldingi saylovlardan farqli ravishda, bu safar saylov jarayonini tinchlik bilan o‘tkazib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют