» » Muhammadiso Abdulxairov: Onamni so‘nggi manzilga kuzatolmaganim — eng katta xatoim

Muhammadiso Abdulxairov: Onamni so‘nggi manzilga kuzatolmaganim — eng katta xatoim


Aktyor Muhammadiso Abdulxairov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda hayotida o‘kinch bilan eslaydigan eng katta xatosi haqida gapirdi, deya xabar qiladi “Darakchi.uz”.

“Juda katta xatoim bor. Juda uzoq safarda bo‘lganim bois, onamning janozasiga kelolmaganman. Uchta samolyot almashib boriladigan uzoq davlatga shartnoma tuzib ishlashga ketganman. Ketganimdan 10 kun o‘tgach, onam vafot etgan. Men onam vafot etganidan so‘ng 6 kun o‘tib kelganman.

Shuning uchun, farzand bo‘lib, ularning tobutini ko‘tarolmaganman. Bu men uchun juda katta xato. Ilmli insonlardan bu harakatning yechimi qanday bo‘ladi, deb so‘raganimda, ular bu ishni atay qilmagansizku, deb javob berishgan”, — deydi Muhammadiso Abdulxairov. “Har juma kuni onamning qabriga boraman. Imkon qadar, otam, akalarim, jiyanlarim onamning qabriga borib, Qur’on tilovat qilamiz”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют