» » Rossiyaning Rtishevo—Tambov avtomobil yo‘lida o‘zbekistonlik oila bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi

Rossiyaning Rtishevo—Tambov avtomobil yo‘lida o‘zbekistonlik oila bo‘lgan avtomobil ag‘darilib ketdi


27-aprel kuni Rossiyaning Rtishevo tumanida yetti nafar o‘zbekistonlik YTHga uchragan, deya xabar beradi “Nuz.uz”.

Davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan Lada Largus avtomobili tuman markazidan 45 kilometr uzoqlikdagi Rtishevo—Tambov avtomobil yo‘lida ag‘darilib ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sababli sodir bo‘lgan. Oqibatda avtomobil yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Hodisa joyiga yetib borgan Saratov viloyati qutqaruv xizmati barcha yo‘lovchilar va haydovchi tirik qolganligini xabar qilgan. Yo‘lovchilardan faqat bir nafari jiddiy jabrlangan, uning qo‘li singan va bel sohasiga zarar yetgan. Ayni damda jabrlangan fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют