» » O‘zbekiston Mudofaa vaziri XXR harbiy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Mudofaa vaziri XXR harbiy delegatsiyasini qabul qildi


Bugun, 27-aprel kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Xitoy davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri general-polkovnik Vey Fenxe boshchiligidagi XXR harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uchrashuvda o‘zbek—xitoy hamkorligining mudofaa va harbiy ta’lim sahosidagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, harbiy-texnik yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashindi. Ikki davlat mudofaa idoralari mutaxassislari tomonidan turli yo‘nalishlarda tajriba almashish uchun muntazam ravishda amalga oshirilayotgan tashriflarining ahamiyati alohida qayd etildi.

O‘zbekiston Mudofaa vaziri mehmonlarni qizg‘in qutlab, O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga 2017-yil may oyidagi davlat tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochdi hamda o‘zbek-xitoy hamkorligi rivojlanishining tarixiy bosqichi bo‘lganini qayd etdi.

“Ikki tomonlama samarali hamkorlikning o‘tgan yillarini baholagan holda ishonch bilan aytish mumkinki, Xitoy, bu – do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash aloqalari tobora mustahkamlanayotgan, ishonchli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkordir”, – dedi general-mayor Bahodir Qurbonov.

O‘zbekiston mudofaa idorasi boshlig‘i O‘zbekiston Xitoy bilan eng avvalo, har ikkala davlat uchun manfaatli, aniq amaliy ko‘rinishdagi qo‘shma hamkorlikni rivojlantirish borasida ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.

Uchrasuv yakunida O‘zbekiston va Xitoy mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2019-yilga ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют