» » O‘zbekiston va Ozarbayjon yosh ijodkorlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Ozarbayjon yosh ijodkorlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Toshkent shahar yoshlar markazida dunyo turkiyzabon yosh ijodkorlari kengashining Ozarbayjondagi rahbari, shoir, jurnalist Intiqom Yashar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Adabiy suhbat mobaynida mehmon O‘zbekistondagi ijodga, adabiyotga bo‘lgan yuksak e’tiborni e’tirof etdi.

Tadbir davomida yosh ijodkorlarga mehmon o‘z kitoblaridan hamda Ozarbayjonning turli matbuot nashrlaridan taqdim etdi. Tadbir davomida bir guruh o‘zbek yosh ijodkorlari Ozarbayjon turkiyzabon yosh ijodkorlar kengashiga a’zolikka qabul qilingani e’lon qilindi va a’zolik guvohnomalari taqdim etildi.

Ijodiy uchrashuvdan so‘ng Ozarbayjon turkiyzabon yosh ijodkorlar kengashi hamda O‘zbekiston yosh ijodkorlar kengashi tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra kelgusida ozarbayjon va o‘zbek yosh ijodkorlarining ijod namunalari jamlangan almanax chop etib borish, xalqaro adabiy uchrashuvlar, festivallar tashkil etish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash kabi rejalar amalga oshirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют