» » Toshkentda ofitsiant qizning yonini olgan yigitni do‘pposlagan uch erkak 15 sutkaga qamaldi (video)

Toshkentda ofitsiant qizning yonini olgan yigitni do‘pposlagan uch erkak 15 sutkaga qamaldi (video)


Internetda bir necha shaxs bir kishini kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi. IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, videodagi voqea 22-aprel kuni soat 23:00 larda Shayxontohur tumanidagi “Chaqar” mahallasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 38 yoshli Abduhamid X. o‘zining 37 yoshli Dilshod G. va 38 yoshli Abror M. ismli tanishlari bilan “Chaqar”dagi kafeda ovqatlangan. Mast holda bo‘lgan Abduhamid X. 23 yoshli ofitsiant qiz Ra’no R.ga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Bunga guvoh bo‘lgan Aziz (Azim) ismli erkak qizning yonini olgan va ketish uchun kafedan chiqqan.

Abduhamid va uning ikki tanishi Aziz (Azim)ning ortidan chiqib, videosi internetda tarqalib ketgan voqeani keltirib chiqargan. Voqeadan so‘ng Aziz (Azim) kasalxonaga ham, ichki ishlar organlariga ham murojaat qilmagan. “Shu bois hozircha uning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmadi”, — deyiladi shahar IIBB axborotida.

Ra’no R.ning arizasiga ko‘ra, Abduhamid X., Dilshod G. va Abror M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnoma tuzilgan. Ma’muriy ishlar bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi ularning uchalasini ham aybdor deb topib, har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют