» » Shavkat Mirziyoyev Qirgiziston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qirgiziston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarlari Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi kop asrlik dostlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlarining kengayishi va mustahkamlanishida, turli sohalardagi serqirra hamkorlikning rivojlanishida kuzatilayotgan barqaror ijobiy tendensiyani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda, ishlab chiqarish kooperatsiyasining kolami kengaymoqda, energetika, transport va qishloq xojaligi sohalaridagi ozaro manfaatli hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Chegaraoldiviloyatlar hokimlari kengashi hamda Parlamentlararo hamkorlik boyicha komissiya yigilishlari sheriklikni yanada kengaytirishda katta salohiyat va qatiy intilish mavjudligini korsatdi.

Suhbat chogida ilgari erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, hududlararo hamkorlik imkoniyatlarini toliq ishga solish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy infratuzilma loyihalarini korib chiqishga alohida etibor qaratdi. Xususan, Xitoy Qirgiziston Ozbekiston temir yolini qurish loyihasini amalga oshirish muhimligi va iqtisodiy dolzarb ekani takidlandi.

Tomonlar ushbu loyihaning barcha ishtirokchilari ortasida ozaro anglashuv mavjudligini va ular bolajak hamkorlikka tayyor ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot songida davlat rahbarlari qardosh xalqlar farovonligi va manfaatlari yolidahamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, Ozbekiston bilan Qirgiziston ortasidagi ananaviy dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qatiy ekanini yana bir bor tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-04-2019, 19:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -