» » Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini Yangi yil bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini Yangi yil bilan qutladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot boshida davlatlar rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini tabrikladi va samimiy tilaklar bildirdi.

Prezidentlar o‘zaro manfaatli hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Davlatlar rahbarlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ko‘p jabhali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro tarafdorlikni tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют