» » Endi O‘zbekistonda o‘qishga kirishda “086-U-forma” talab qilinmaydi

Endi O‘zbekistonda o‘qishga kirishda “086-U-forma” talab qilinmaydi


Hukumatning Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (360-son, 27.04.2019 y.). Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar ham mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradi.

Endilikda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi.

Quyidagilar oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinuvchilar qatoriga kiritildi:

Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.

Sirtqi ta’limga hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 16-avgustdan 25-avgustgacha kamida 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.

Natijalar imtihondan keyin 1—3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Shuningdek, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют