» » Surxondaryoda xorijga chiqishni istagan ota 76 mln so‘m aliment to‘ladi

Surxondaryoda xorijga chiqishni istagan ota 76 mln so‘m aliment to‘ladi


Aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

O‘z navbatida cheklovni bekor qilish “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 421-moddasiga asosan amalga oshiriladi.

Agar voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi. Va chetga chiqish huquqlari tiklanadi.

Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2017-yil 12-dekabrdagi buyrug‘iga asosan M.Mirzayevdan undiruvchi N.Meliboyeva foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun barcha ishlab topgan daromadlarining ? qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim yurituviga kelib tushgan. M.Mirzayev sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan ta’minot pullari ya’ni 2019-yil 1-apreldan 2035-yil 7-mayga qadar bo‘lgan aliment pullarini, ya’ni 76 million 443 ming so‘mni to‘liq to‘laganligi sababli Majburiy ijro byurosi tomonidan uning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют