» » O‘zbekiston Arabian Travel Market 2019 xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Arabian Travel Market 2019 xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda


Yaqin Sharqdagi eng yirik Arabian Travel Market xalqaro turizm ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari va turoperatorlar milliy stend bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazildi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Yarmarka doirasida, O‘zbekistonda turizm sohasiga investitsiya kiritishni istagan, joylashuv vositalarini qurish istagida bo‘lgan bir necha sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib bordi.

Osiyo davlatlarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish uchun qator blogerlar va teleshoular tayyorlovchi xususiy korxonalar vakillari bilan ham kelishuvlarga erishdi.

Arabian Travel Market 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etuvchilar asosan mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar, transport kompaniyalari, mehmondorchilik sanoati mutaxassislari, o‘quv muassasalari va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari bo‘lib, bunday nufuzli ko‘rgazmada ishtirok etish yangi bozorlarga chiqish, yangi mijozlar orttirish hamda mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida, butun dunyo sayyohlari va turoperatorlari uchun 2800 dan ortiq turistik mahsulot va yo‘nalishlar namoyish qilinadi.

Ko‘rgazma 28-apreldan 1-mayga qadar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют