» » Mahallada duv-duv gap bo‘lgan “Qo‘shnilar sayli”

Mahallada duv-duv gap bo‘lgan “Qo‘shnilar sayli”


Qachon? Qayerda? Kimlar uchun? Hozir sizda mana shunday kutilmagan savollar tug‘ilishi tabiiy.

Keling, yaxshisi qo‘shnilarni bo‘lajak uylari hududida to‘plagan ajoyib tadbir haqida batafsil hikoya qilamiz.

28-mart kuni Toshkentning eng shov-shuvli loyihalaridan biri bo‘lmish Olmazor Business City’da noan’anaviy sayl tashkil etildi. Unutilmas tadbir dasturini o‘z ichiga olgan ushbu marosim bo‘lajak qo‘shnilar uchun chinakam bayramga aylandi.

Qo‘shnilar sayliga Olmazor Business City TJM uylaridan xarid qilgan xonadon sohiblari taklif qilinib, ularni bir-birlari bilan yaqindan tanishishlari uchun qo‘shnilar sayli uyushtirildi .

Dastavval, mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida qarshi olinib, ajoyib furshet dasturxonidan bahramand bo‘lishdi. Shu damda saylning kulminatsion qismi – milliy taomlarning shohi bo‘lgan palovni tayyorlash bo‘yicha musobaqaga start berildi.

Bellashuvda Samarqand, Farg‘ona va Toshkent oshlari tayyorlandi. Bu jarayonga esa bevosita tadbir mehmonlari jalb etilib, ular “Sabzi to‘g‘rash” musobaqasida ishtirok etishdi. Jajji bolajonlar uchun esa mazali pop-korn va shirin paxtalar ulashildi.

Hech bir o‘zbekona marosim sharqona kuy va taronalarsiz o‘tmagani kabi tadbir davomida diltortar navolar hamohangligida jozibador raqs namoyishlari, estrada xonandalari hamda animatorlarning chiqishlari ham havola etildi. Bundan tashqari, sayl davomida suratlar chizish, loydan sopol buyumlar yasash bo‘yicha qiziqarli mahorat darslari ham o‘tkazildi.

Bugungi saylda nafaqat bayramona shou-dasturlari, balki bolalar va ularning ota-onalari uchun maxsus tanlovlar ham tashkil etildi. G‘oliblar Olmazor Business City tomonidan yangi xonadonlar uchun sovg‘alar bilan takdirlandi.

Ayniqsa, animatorlarning quvnoq raqs fleshmoblari bolalarga ko‘tarinki kayfiyat va xursandchilik ulashdi.

“Qo‘shnilar sayli” – o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari, go‘zal urf-odatlarini o‘zida jamlagan, kelajak avlodga munosib o‘rnak bo‘la oladigan marosim bo‘lib, shu tariqa Olmazor Business City yangi uy egalari orasida hamjihatlik, birdamlik va do‘stona munosabatlarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Sayl so‘ngida barcha qo‘shnilar va mehmonlar bayramona oshdan bahramand bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor Business City TJM yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududni qamrab olgan bo‘lib, ushbu mavzeda ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta’lim muassasalari qurish rejalashtirilgan.

Olmazor Business City TJM – to‘g‘ri joy, to‘g‘ri loyiha, to‘g‘ri narx uyg‘unligidagi munosib maskan. Ushbu muhtasham mahallada qo‘shnilar sayli kabi ko‘ngilochar tadbirlar an’anaviy tarzda davom etadi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют