» » Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurish orqali 2 milliondan ortiq xonadon muammosini organdi

Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurish orqali 2 milliondan ortiq xonadon muammosini organdi


2019-yil 1-fevraldan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida organishlar otkazilmoqda, deb xabar beradi Facebookdagi Xalq bilan muloqot guruhi.

Aholi muammolarning organilishi hamda ularning oz vaqtida yechimi topilishi bevosita Prezident Administratsiyasi tomonidan nazoratga olingan.

Joriy yilning aprel holatiga Respublika boyicha jami2,6 milliondan ortiq xonadonlar organilib, muammosi mavjud bolgan261,2 mingta xonadonda yashovchi fuqarolar bilan otkazilgan suhbatlar natijasida 273,4 mingta turli yonalishdagi masalalar aniqlangan.

Aniqlangan muammolarning eng kopi bandlik (19,9%), suyultirilgan gaz (gaz ballon) yetkazib berish (16,4%), sogliqni saqlash (9,9%), uy-joy (9,8%), bank krediti (5,8%), moddiy yordam (5,7%), kadastr (4,1%), ichimlik suvi (2,9%), elektr energiya taminoti (1,9%), tabiiy gaz (1,6%), pasport (1,3%), maktabgacha talim (1,6%) bilan bogliq masalalarga togri keladi.

Joylarda uyma-uy yurish natijasida aniqlangan aholini qiynab kelayotgan muammolarni sektor rahbarlari, Xalq qabulxonalari va boshqa tashkilotlar xodimlari birgalikda hal etish choralarini kormoqda.

Misol tarzida Fargona viloyati Qoqon shaharida olib borilgan hayrli ishlarni keltirsak boladi. Xususan, 21 ta mahalladagi ichki yollarda 1,8 kilometr asfalt yotqizildi, 3 100 metr ichki yollar tamirlandi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yollarining 450 kvadrat metri tamirdan chiqarildi.

Mazkur maqsadlar uchun 1,7 million som sarflandi. Aholini ichimlik suvi bilan taminlash sifatini yaxshilash maqsadida 3150 metr ichimlik suvi tarmogi tortilib, 80 ta kop qavatli uyda suv bosimi yaxshilandi. 2 572 metr kanalizatsiya tarmogi yangilandi.

Shuningdek, gaz bosimi past bolgan 27 ta mahalla fuqarolar yiginining gaz bosimi yaxshilandi, 52 ta maishiy gaz balloni tarqatildi va aholi ehtiyojiga kora 28.3 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. Kam taminlangan oilalarga 15 ta gaz hisoblash uskunasi ornatildi.

Elektr taminotini yaxshilash maqsadida 8 ta TP ornatildi, 450 ta tayanch keltirilib, 119 tasi ornatildi, 5 kilometr SIP provodlar tortildi, jami qurilish ishlariga 2,4 milliard som sarflandi.

Shahardagi 39 ta kop qavatli uyning tom, fasad, yertola va kirish yolaklarini tamirlash, atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalarini qurish ishlariga 1,4 miliiard som mablag sarflandi.

Uy-joyga muhtoj bolgan shahar aholisini uy bilan taminlash maqsadida 24 ta 1100 kvartirali kop qavatli arzon uylar qurilib, ozi egalariga topshirildi.

Aholining salomatligini tiklash va muhofaza qilish ishlari ham diqqat-etiborda. 14 241 nafar fuqaro toliq tibbiy korikdan otkazildi. Ularning 607 nafarini nogironlar, 1112 nafarini pensionerlar, 2289 nafarini kam taminlangan ehtiyojmand fuqarolar tashkil qiladi.

Kasallik aniqlangan 3 346 nafar fuqaro ambulator, 122 nafari shifoxonaga davolanishga yotqizildi, 23 nafari viloyat va 3 nafari respublikaning ixtisoslashtirilgan shifoxonalariga jonatildi. Shu bilan birga 59 nafar fuqaroga nafaqa tayinlandi.

Albatta, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga qaratilgan ushbu tizim davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining xalqqa yaqin komakchi bolishiga, aholi bilan togridan togri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-04-2019, 16:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -