» » Samarqandda Islom Karimovga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi

Samarqandda Islom Karimovga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi


Avval xabar berilganidek, 29—30-aprel kunlari Samarqand shahrida “Islom Karimov — davlat mustaqilligining asoschisi” mavzusida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi.

Konferensiyaning ochilish marosimida Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, atoqli davlat va jamoat arbobining mustaqil O‘zbekiston davlatchiligini rivojlantirishdagi xizmatlarini e’tirof etdi.

Konferensiyaning yalpi va sho‘’ba yig‘ilishlarda Islom Karimovning fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi o‘rni, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi roli, tarixiy va me’moriy merosni saqlab qolishdagi xizmatlari, qishloq xo‘jalik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash masalalari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiyaning yakuniy majlisida qabul qilingan tavsiyalarga ko‘ra, anjuman kun tartibiga kiritilgan eng yaxshi maqolalar Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi byulletenida nashr etib boriladi.

Anjumanda Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют