» » Milliy kutubxonaga “Islom Karimov — mustaqil O‘zbekiston asoschisi” kitob-albomi taqdim etildi

Milliy kutubxonaga “Islom Karimov — mustaqil O‘zbekiston asoschisi” kitob-albomi taqdim etildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tayyorlagan va nashr qilgan “Islom Karimov — mustaqil O‘zbekiston asoschisi” kitob-albomini kutubxonaga tuhfa etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, bir qancha tashkilot vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mazkur kitob-albomda Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident haqida aytgan fikrlaridan iborat so‘zboshi keltirilgan.

Kitob-albomda Birinchi Prezidentning turli yillardagi faoliyatiga oid noyob suratlari, xorijiy davlat rahbarlari, davlat va siyosat arboblari, turli soha vakillarining Islom Karimov haqidagi samimiy dil so‘zlari, fikrlari joy olgan.

Bir qancha nusxadagi kitob-albomdan kutubxona foydalanuvchilari istaganicha foydalanishi mumkin. Yanada ko‘proq qulaylik yaratish uchun kutubxona xodimlari tomonidan kitobning elektron ko‘rinishi ham tayyorlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют