» » Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi kutubxonasiga 500 ta kitob sovg‘a qilindi

Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasi kutubxonasiga 500 ta kitob sovg‘a qilindi


Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua tomonidan Islom Karimovni yaqindan bilgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolaridan yozma, foto va videomateriallarni qabul qilish ishlari davom etmoqda.

Bugun, 19-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuaga aylantirilgan Oqsaroy qarorgohida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir majmua kutubxonasining yana 500 ta kitoblar bilan boyitilgani munosabati bilan tashkil etildi.

Unda Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua kutubxonasi va fond xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mustaqillik yillari mobaynida chop etilgan 124 nomdagi o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida turli sohalarga oid kitob, to‘plam va o‘quv qo‘llanmalari majmua kutubxonasiga “Baqtriya press” xususiy nashriyoti tomonidan sovg‘a tariqasida topshirildi. Tatyana Karimova xususiy nashriyot rahbari Liliya Iskaliyevaga minnatdorchilik bildirdi va Islom Karimov nomidagi fondning tashakkurnomasi bilan taqdirladi.

Hozirgi kunda Islom Karimov asarlarining elektron nusxalarini to‘plash, ularni majmua saytiga joylashtirish, shuningdek kutubxonani boyitish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Ilmiy-ma’rifiy majmua kutubxonasi Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют