» » Davlat raqobat qomitasi nohalol raqobat holatini bartaraf etib, Unitelning elektr tarmogiga ulanishiga komaklashdi

Davlat raqobat qomitasi nohalol raqobat holatini bartaraf etib, Unitelning elektr tarmogiga ulanishiga komaklashdi


Davlat raqobat qomitasi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yol qoyilgan insofsiz (nohalol) raqobat holatini bartaraf etdi va Unitelning elektr tarmogiga ulanishiga komaklashdi. Bu haqda qomita matbuot xizmati xabar berdi.

Otgan yili Unitel kompaniyasi Toshkent viloyati boyicha elektr energiyasini taqsimlash va sotishga masul bolgan Toshkent HETK AJga ozi xizmat korsatadigan bolinmalarda ichki elektr tarmoqlarini qurish va ulanishga texnik shart berish togrisida murojaat qilgan.

Biroq, jamiyat operatorga texnik shartlarni taqdim etmagan va uning orniga elektr energiyasidan foydalanishga tayyor sharti ostida yagona darchaga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Texnik shartlarni olishdan farqli tarzda, elektr energiyasidan foydalanishga tayyor sharti ostida deganda bir qator qoshimcha ishlarni amalga oshirish boyicha shartnoma tuzilishi va korsatilgan barcha xizmatlarga haq tolanishi nazarda tutilgan

Texnik shartni berishdan bosh tortishga asos qilib, Ozbekenergo AJning 2016-yil 12-iyulda RR-230-sonli Korsatmasi korsatilgan. Ushbu hujjatga binoan, elektr energiyasidan foydalanishga tayyor holda korsatiladigan xizmatlarni olmasdan turib texnik shartlar berilmasligi qayd etilgan.

Organishlar korsatishicha, elektr energiyasidan foydalanishga tayyor sharti ostida korsatiladigan xizmatlar texnik shartlarni olish va bazi bir ishlarni oz kuchi bilan bajarish qiymatidan ancha qimmat bolgan.

Yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, Unitel kompaniyasi Davlat raqobat qomitasiga murojaat qildi.

Davlat raqobat qomitasi tomonidan olib borilgan organishlar natijasida quyidagilar malum boldi. 2016-yilning 1-yanvaridan etiboran tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasidan foydalanishga tayyor holda elektr tarmoqlariga ulanishi yagona darcha qoidasi ostida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini korsatish boyicha yagona markazlar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, bu elektr energiyasidan foydalanishga tayyor holda korsatiladigan xizmatlardan foylanmasdan turib, texnik shart olish mumkinmas degani emas.

Tabiiy monopoliyalar togrisidagi qonunga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish va transportirovkalash tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati sohasiga kiradi, lekin tabiiy monopoliya subyektlariga oz mavqeyini suiistemol qilgan holda tabiiy monopoliyalar sohasiga kirmaydigan tovar, ish va xizmatlar bozorlarida raqobatni cheklashiga yol qoyilmaydi.

Shuningdek, raqobat togrisidagi qonun talablariga muvofiq, insofsiz (nohalol) raqobat, shu jumladan tovar yoki moliya bozoriga boshqa xojalik yurituvchi subyektning kirishiga tosqinlik qilish taqiqlanadi.

Ozbekiston Respublikasining Elektr energetikasi togrisidagi Qonuni 18-moddasiga kora, Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr energiyasini iste’mol qiluvchi elektr qurilmalarini belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlariga ulash uchun istemolchilarga texnik shartlarni beradi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil22-avgustdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 19-bandi ikkinchi xatboshiga kora, tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoxud tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bolimi) buyurtmasiga kora uch ish kunidan kop bolmagan muddatda berilishi belgilangan.

Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqqan holda, Davlat raqobat qomitasi tomonidan aniqlangan qonun buzilish holati boyicha tegishli choralar korildi. Natijada ushbu sohada raqobat muhiti tiklandi va 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kamsitilishiga barham berildi. Bundan tashqari ushbu sohadagi xizmatlar uchun belgilangan narxlarning pasayishiga erishiladi.

: admin (17-03-2017, 09:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -