» » Prezidentning Surxondaryoga tashrifi, Tulada oldirilgan ozbekistonlik ayol, ozini osgan Zangiota qamoqxonasi xodimi va kunning boshqa xabarlari

Prezidentning Surxondaryoga tashrifi, Tulada oldirilgan ozbekistonlik ayol, ozini osgan Zangiota qamoqxonasi xodimi va kunning boshqa xabarlari


30-aprelning etiborga molik yangiliklari Daryo dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni tashrif bilan Surxondaryo viloyatida boldi.

PrezidentSariosiyo tumanidagi Topolang gidroelektr stansiyasini borib kordi.

Shundan keyinSariosiyo tumanidagi Shargun komir konida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

SongBoysun tumanidagi Mustaqillikning 25 yilligi gaz konida yangi gaz-kimyo kompleksini barpo etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida erishiladigan natijalar haqidagi taqdimot namoyish etildi.

Shuningdek, davlat rahbari Boysun tumaniga tashrifi chogida keksa avlod vakillari, tuman faxriylari bilan uchrashuv otkazdi.

Bundan tashqari,Prezident Shavkat Mirziyoyev Muzrabot tumanidagi Yangiobod invest servis xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

***

28-aprel kuni Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi Pyaterochka supermarketida rossiyalik 34 yoshli Andrey.K. 33 yoshli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan. Ayol kasalxonada hayotdan koz yumgan.

Ushbu holat yuzasidanBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi rasmiy malumotlarini berdi.

***

Zangiotadagi qamoqxona xodimi xizmat xonasida ozini osdi.

Toshkent viloyati IIB Jazoni ijro etish boshqarmasi tasarrufidagi 42-sonli manzil koloniya tartibot bolinmasi tezkor vakili 27 yoshli A.A.ning jasadi xizmat kiyimining charm kamariga osilgan holda 28-aprel kuni soat 9:30 da topilgan.

***

IIV tizimida 7 nafar yangi rahbar tayinlandi.

Xususan, Qoraqalpogiston Respublikasining bir qator tumanlari Ichki ishlar bolimi boshliqlari,Samarqand viloyati Bulungur tumani,Andijon viloyati Oltinkol va Andijon tumanlariIchki ishlar bolimi boshliqlari tayinlandi.

***

Oldirilgani aytilgan IShID yetakchisi Al-Bagdodiy 5 yil mobaynida ilk bor korinish berdi.

Videoda Al-Bagdodiy safdoshlari bilan Suriyaning Baguz shahri uchun kechgan janglarni muhokama qilayotgani tasvirlangan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-04-2019, 21:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -