» » Xalq ta’limi vazirligi parkentlik o‘quvchilarning Buxoroga uyushtirilgan safari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda

Xalq ta’limi vazirligi parkentlik o‘quvchilarning Buxoroga uyushtirilgan safari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda


2019-yil 29-aprel kuni soat 02.00 larda O‘rtachirchiq tumani hududida Buxoro shahridan Parkent tumaniga qaytayotgan Mercedes-Benz rusumli yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi.

Halokat paytida avtobus salonida 56 nafar yo‘lovchi, jumladan, Toshkent viloyatidan maktab o‘quvchilari bo‘lgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Ularga halokat joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati bolalarning Buxoroga uyushtirilgan safarini tashkil etilish jarayoni bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют