» » O‘rtachirchiqda beton to‘siqqa urilgan avtobusning 2 nafar yo‘lovchisiga shifoxonadan javob berildi

O‘rtachirchiqda beton to‘siqqa urilgan avtobusning 2 nafar yo‘lovchisiga shifoxonadan javob berildi


Avval xabar berganimizdek, O‘rtachirchiq tumanida Buxorodan ziyoratdan qaytayotgan va salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Mersedes rusumli avtobus beton to‘siqqa urilgandi.

Hodisa oqibatida 7 kishi jarohatlanib, 2 nafari O‘rtachirchiq tumani shifoxonasiga, 5 nafari Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan.

FVV axborot xizmatiga ko‘ra, 2 nafar fuqaro O‘rtachirchiq tumani shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning salomatligiga jiddiy zarar yetmagani bois uyiga javob berilgan.

5 nafar fuqaro Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют