» » YChL. “Ayaks” safarda “Tottenhem”ni yengdi (video)

YChL. “Ayaks” safarda “Tottenhem”ni yengdi (video)


30-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 finalining dastlabki o‘yinida Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi o‘z uyida Amsterdamning “Ayaks” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 15-daqiqada amsterdamliklar yarim himoyachisi Donni van de Bek tomonidan kiritildi (1:0).

Shu tariqa “Ayaks” mehmonda kechgan bahsda “shporlar”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro javob o‘yini 9-may kuni “Ayaks” maydonida bo‘lib o‘tadi.

YChL

1/2 final bahsi

30-aprel, seshanba

Gol: 0:1 — 15 van de Bek

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Alderveyreld, Rouz (Devis, 79), Vertongen (Sissoko, 39), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Trippier (Foyt, 80), Lyorente

“Ayaks”: Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziyosh (Huntelar, 87), Tadich, Shyone (Mazraui, 65), Neres, de Yong

Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют