» » Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda borgan shifokor ishdan bo‘shatildi (video)

Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda borgan shifokor ishdan bo‘shatildi (video)


30-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali chaqiruvga mast holatda borgani aks etgan video tarqaldi. “Daryo” ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Ushbu holat Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qora-qum qishlog‘ida kuzatilgan.

28 aprel kuni 9 yoshli bemorga yordam ko‘rsatish maqsadida Qiyot qishlog‘idan soat 22:30 da chaqirilgan tez yordam xizmati mashinasi rosa bir soat deganda yetib keladi. Buning ustiga shifokor oyoqda tura olmaydigan darajada mast holatda bo‘ladi.

Bemorning yaqinlari shifokordan bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan ketishni talab qiladi.

Ushbu voqea vazirlikning yetakchi mutaxassislari nazoratiga olingan. Ayni shu shifokorga avval kasb etikasiga rioya etmaganligi tufayli turli choralar ko‘rilgani aniqlangan. Videodagi holat tufayli shifokor Eshmamat Botirov bilan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u o‘z vazifasidan chetlatilgan.

Shuningdek, Muborak tuman tibbiiyot birlashmasi bosh shifokori O.Nasimovga ham “jarima” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют