» » Nukusda harbiy xizmatga qabul qilingan yoshlar uchun o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi (foto)

Nukusda harbiy xizmatga qabul qilingan yoshlar uchun o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi (foto)


Ikki oy avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan harbiy qismga ham o‘z bilim va salohiyatiga ega bo‘lgan yosh yigitlar muddatli harbiy xizmatni o‘tashga qabul qilingan edi, deb xabar beradi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

“Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflarida harbiy xizmatini boshlagan yosh askarlar harbiy qismda ulkan hayotiy tajribaga ega, bilim saviyasi kuchli bo‘lgan harbiy xizmatchi ustozlarga biriktirildi.

Bugungi kunda muddatli harbiy xizmat boshlanganiga qisqa fursat bo‘lganligiga qaramay, askarlarga o‘rgatilgan bilim va ko‘nikmalar o‘z samarasini berib kelmoqda.

30-aprel kuni yosh askarlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rdi, aniqrog‘i, ularga harbiy texnika, qurol-aslahalar borasida egallagan va to‘plagan ma’lumot hamda bilimlarini amalda qo‘llashlariga sharoit yaratib berildi.

Dala o‘quv maydonida yosh askarlar uchun tashkil etilgan dastlabki o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulot mobaynida 12 ta o‘quv nuqtasi tayyorlanib, ushbu o‘quv nuqtalarida qurolni to‘g‘ri otish holatiga keltirish, qurolni qismlarga ajratish va qayta yig‘ish, granata uloqtirish, tungi optik moslamalarni ishga tayyorlash kabi mashqlarni yangi innovatsion yondashuvlar asosida o‘rgatish rejaga asosan amalga oshirildi.

Dala mashg‘ulotlari yakunida muddatli harbiy xizmatchilar o‘q otish mashqlarini bajardi. Deyarli barcha askarlar harbiy texnika va qurol-aslahalar bo‘yicha berilayotgan bilimlarni yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtirganligini namoyon eta oldi. Ularning orasida belgilangan vazifani to‘la-to‘kis bajargan yosh askar Murodjon Jumanov barchaga o‘rnak tariqasida ko‘rsatildi.

“Qurolni qo‘limga olganimda men shuni his qildimki, mening zimmamga Ona Vatanim va uning or-nomusini himoya qilish yuklatilgan. Buyuk ajdodlarimdan meros bo‘lib kelayotgan g‘urur va iftixor tuyg‘usi meni dadil odim tashlashimga sababchi bo‘ldi. Shu sababli, men kelgusida Milliy gvardiya saflarida Ona Vatanim taqdirini o‘z taqdirim bilan bog‘lamoqchiman”, —deydi oddiy askar Murodjon Jumanov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют