» » Qonunchilik palatasiga 4 ta Lacetti-2 avtomobili sotib olinadi. Bunga 430 mln so‘m sarflanadi

Qonunchilik palatasiga 4 ta Lacetti-2 avtomobili sotib olinadi. Bunga 430 mln so‘m sarflanadi


Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligi moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish hamda mustahkamlash maqsadidagi farmoyishi qabul qilindi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2019-yil 25-martdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlangan, u o‘z ichiga qayta tashkil etilgan boshqarmalar va bo‘limlarni qamrab oladi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining transport ta’minoti va xizmat ko‘rsatilishi Vazirlar Mahkamasi Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligi tomonidan amalga oshiriladi.

Farmoyish bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasi Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligiga qo‘shimcha 4 dona Lacetti-2 avtomobilini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi apparatiga belgilangan tartibda biriktiriladi.

Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan avtomobillarni sotib olish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun 430 million so‘m ajratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют