» » Britaniyalik ayol o‘zini Jeyson Steytem deya tanishtirgan firibgar sabab yuz ming funtidan ayrildi

Britaniyalik ayol o‘zini Jeyson Steytem deya tanishtirgan firibgar sabab yuz ming funtidan ayrildi


Gollivudning taniqli aktyori Jeyson Steytemning britaniyalik muxlisasi aktyorga yordam berayapman deb o‘ylab bir necha yuz ming funtidan ayrilib qoldi, deb xabar beradi BBC.

Britaniyalik ayol o‘zini aktyor deb tanishtirgan internet-firibgarining qurboniga aylandi.

Ayolning aytishicha, u aktyorning Facebook’dagi sahifasiga kirganida Jeyson unga birinchi bor yozgan. U rostdan ham aktyor bilan yozishayotganiga ishongan.

“U o‘z muxlislari bilan muloqot qilayotgani naqadar yoqimli, deb o‘yladim”, — deydi firibgar qurboni.

Oradan biroz vaqt o‘tgach firibgar ayolga sevgi izhor qilgan va shundan so‘ng o‘z hisobiga ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini o‘tkazishni so‘ragan. “Aktyor” ushbu holatni film uchun hali haq olmagani va hozirda og‘ir moliyaviy ahvolda qolgani bilan izohlagan.

Uning gaplariga ishongan ayol yordam berishga qaror qilib, yuz ming funtdan ortiq pullarini firibgarning hisobiga o‘tkazib bergan.

Aldanganini sezga ayol politsiyaga murojaat qilgan. Biroq politsiya xodimlari firibgar Buyuk Britaniya hududidan tashqarida bo‘lgani sabab uni jinoiy javobgarlikka tortishning imkoni yo‘qligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют