» » Qozog‘istonlik firibgar qo‘qonlik ayolni 1200 dollarga tushirdi

Qozog‘istonlik firibgar qo‘qonlik ayolni 1200 dollarga tushirdi


Qozog‘istonlik firibgar qo‘qonlik ayolni 1200 dollarga tushirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qo‘qon shahrida yashovchi X.T. ismli ayol IIBga murojaat qilib, internet tarmog‘idagi Apple New reklama sayti orqali o‘zini Qozog‘iston fuqarosi “Jaden Guldana” deb tanishtirgan shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali uni chuv tushirganidan shikoyat qildi.

U X.T. 2 dona iPhone XS mobil telefonini sotib olsa, unga yana bitta telefon qo‘shib berishini aytib ishontiradi. 2018-yil 26-dekabr kuni X.T. Qo‘qon shahridagi bankning xalqaro elektron pul o‘tkazmasi orqali J. Guldanaga 1200 AQSh dollarini o‘tkazadi, biroq shu kunga qadar mobil telefonlarni ham, pullarini ham qaytarib ololmaydi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют