» » Buxoroda firibgarligi uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahbus o‘qituvchini chuv tushirdi

Buxoroda firibgarligi uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahbus o‘qituvchini chuv tushirdi


20-may kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida maktab o‘qituvchisi N.Sh. IIBga murojaat qilib, joriy yil yanvar oyida noma’lum shaxs uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, aldaganligini bildirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi Aziz Umidov deb tanishtirib, hozirda Namangan viloyati, Pop tumanidagi JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘i R.R.ni muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishini, buning evaziga 2800 dollarni yo‘lovchi taksi orqali Buxoro shahriga yuborishini aytadi.

Shundan so‘ng N.Sh. haydovchi orqali pulni berib yuboradi. Noma’lum shaxs esa bergan va’dasini bajarmaydi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni hozirda Buxoro viloyati JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan J.T. sodir etganligi aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют