» » O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya darajasi 0,9 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya darajasi 0,9 foizni tashkil etdi


O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya darajasi 0,9 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Taqqoslash uchun, yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni, fevralda 1,6 foizni, mart oyida esa 1,2 foizni tashkil etgan.

Yil boshida Markaziy bank O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi bo‘yicha o‘zining tayanch ssenariysida 2019-yilda inflyatsiya darajasi 13,5—15,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilib, birinchi chorakda yillik inflyatsiya darajasi o‘zning eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini taxmin qilgan.

Bu 2018-yil yakuniga ko‘ra, haqiqiy inflyatsiya darajasi prognoz qilinganiga nisbatan past bo‘lgani bilan izohlangan. Biznes yangi soliq siyosatidan nima kutishni bilmagani sababli narxlarni keskin ko‘tarmagani buning yana bir omillaridan biri bo‘lgan.

“2018-yilning oxirigacha korxona va tadbirkorlarning aksariyati soliq sohasidagi islohotlar chiqimlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida aniq tushunchaga ega emas edi”, — deb ta’kidlagan edi Markaziy bank.

Bunday noaniqlik sharoitida tadbirkorlar narxlar va tariflarni oshirmadi va bu masalani soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kirganidan keyin vaziyat aniqlashgan vaqtga qoldirgan.

Yangi soliq tizimi 1-yanvardan kuchga kirdi va biznes unga moslashishni boshladi. Bu davrda inflyatsiya darajasining oshishi va keyinchalik pasayishi bilan qisqa muddatli o‘zgaruvchanligi qayd etilgan.

Inflyatsiya ko‘rsatkichi fevral—mart oylarida eng yuqori cho‘qqiga chiqqanidan so‘ng, Markaziy bank prognoz qilganidek pasaya boshlagan. Ammo iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining oshishi rejalashtirilgani uning pasayishda davom etishiga chek qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют