» » Mart oyida Ozbekistonda inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi

Mart oyida Ozbekistonda inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi


Joriy yilning mart oyida Ozbekistonda inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qomitasining istemol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi hisobotida aytildi.

Aytilishicha, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida ortacha 1,3 foizga qimmatlashgan, bu, oz navbatida, istemol narxlari indeksining (INIning) umumiy osishiga 0,6 foiz darajada (f.d.)tasir korsatgan.

Suyaksiz (lahm) mol goshti hisobot davrida 2,9 foiz, baliq 2,6 foiz, qiyma gosht 2,0 foiz, mol goshti (suyaksiz (lahm) goshtdan tashqari) 0,9 foiz hamda qoy goshti narxlari ortacha 0,6 foizga oshdi. Tovuq goshti va tovuq son goshti, shuningdek, boshqa parranda goshti narxi esa aksincha mos ravishda 0,7 foiz va 1,5 foizga arzonlagan.

Sut mahsulotlari narxi ortacha 1,7 foizga qimmatlashib, bu esa qaymoq 3,0 foiz, suzma 2,6 foiz, qatiq va chuchuk qatiq 1,6 foiz hamda sutning narxi 1,5 foizga oshganligi natijasida sodir boldi.

Oziq-ovqat guruhi tarkibidagi guruch, osimlik yogi, shakar va tuxum kabi mahsulotlar narxining arzonlashganligi natijasida istemol tovarlari guruhidagi ijobiy vaziyat, yani indekslarning pasayish holati kuzatildi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari otgan oyga nisbatan 1,1 foizga osdi, bu esa INIning umumiy osishiga 0,4 foiz darajada tasir korsatdi.

Shuningdek, aholi uchun xizmatlar oyda ortacha 0,5 foizga kotarildi. Bu esa INI umumiy osishiga 0,1 foiz darajada tasir otkazdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-04-2018, 20:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -