» » Fevral oyida go‘sht qimmatlashib, kartoshka, sabzi va piyoz arzonlashdi

Fevral oyida go‘sht qimmatlashib, kartoshka, sabzi va piyoz arzonlashdi


2018-yilning fevral oyida O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, kartoshka va sabzi arzonlagan. Bu haqda, Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.

Qo‘mita tomonidan tayyorlangan fevral oyi uchun O‘zbekiston iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, hisobot davrida iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga qimmatlashgan.

Yakunlangan oyda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashgani qayd etilgan. Jumladan, tuxum o‘rtacha 10,5 foizga, shakar 3 foizga, tovuq go‘shti 1,3 foizga, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1 foizga arzonlashgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o‘sishda davom etgan. Jumladan, mevalar orasida ko‘proq olmalarda (6,1 foiz), shuningdek quritilgan mevalarda (4,8 foiz) qimmatlashgan.

Qovoq bir oyda 10 foizga, pomidor 14 foizga, bodring 11,7 foizga ko‘tarilgan.

E’tiborlisi, fevral oyida asosiy poliz mahsulotlari — kartoshka 2,7 foizga, piyoz 2,3 foizga arzonlashgan.

Ayni paytda mol va qo‘y go‘shti narxlari 3 foizga, tirik va sovutilgan baliq 7,2 foizga oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 20:59)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют