» » O‘zbekistonda fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,3 foizga ko‘tarildi

O‘zbekistonda fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,3 foizga ko‘tarildi


Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil fevral oyi uchun iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning dastlabki ikki oyi davomida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 1,4 foizga o‘sdi. 2019-yilning fevral oyiga nisbatan narxlar va tariflar 13,5 foizga oshdi.

Yirik guruhlar kesimida narxlarning o‘zgarishi natijalariga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, joriy yilning fevral oyida narxlar 1,3 foizga ko‘tarilgan. Bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,6 foizga va xizmatlar 0,3 foizga oshgan.

Umumiy hisobda, 2020-yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foiz, xizmatlar 0,6 foizga oshdi.

2020-yilning fevral oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,3 foizga ko‘tarildi yoki o‘tgan oydagi mos ko‘rsatkichga nisbatan 0,3 darajaga yuqori bo‘ldi.

Kuzatilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida oy davomida meva-sabzavotlar (3,2 foiz), go‘sht, parranda go‘shti va baliq (1,9 foiz), non mahsulotlari hamda spirtli ichimliklar (0,8 foizdan), 2019- yilning oxiriga nisbatan esa meva-sabzavotlar (7,2 foiz), shuningdek, go‘sht, parranda go‘shti va baliq (2,3 foiz) mahsulotlari narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют