» » Surxondaryoda 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Surxondaryoda 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. fuqaro S.E.ning jiyanining tanishlari orqali Termiz davlat universitetining Iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan E.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ammo bunday jinoyatlar haqida qonunda belgilangan (30 kun) muddat ichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

“Shu sababli, Siz yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va’da berib, ta’magirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют