» » Iker Kasilyas yurak xuruji sabab kasalxonga tushib qoldi

Iker Kasilyas yurak xuruji sabab kasalxonga tushib qoldi


“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas mashg‘ulotlar vaqtida yurak xurujiga uchradi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbada yozilishicha, futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida o‘zini yomon his qilgan. Hozirda 37 yoshli darvozabon hayotiga xavf tug‘diradigan holatlar mavjud emas. Iker endi joriy mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Kasilyas 2015-yildan beri Portugaliya klubi sharafini himoya qilib keladi.

Uning portugaliyaliklar bilan tuzgan shartnomasi yana bir mavsumdan so‘ng tugaydi.

Eslatib o‘tamiz, Iker Kasilyas joriy mavsum “Portu” tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.

U Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi (15 ta gol o‘tkazib yubordi) va “Portu”ning chorak finalgacha borishida o‘z hissasini qo‘shdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют