» » Putin Rossiya internet segmentini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Putin Rossiya internet segmentini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning internet segmentini cheklash to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Hujjat huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi, deb xabar beradi Meduza.

Mazkur qonun 2019-yilning 1-noyabridan kuchga kiradi. Qonundan o‘rin olgan bir qator qoidalar, jumladan, milliy domen nomlari tizimiga oid tartiblar 2021-yildan amalga o‘tadi.

Rossiya Davlat dumasi ushbu qonunni 16-aprelda, Federatsiya kengashi esa 22-aprelda ma’qullagan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya internet segmentini cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ovoz berish jarayonlari noxolis o‘tgan. Spiker Vyacheslav Volodin o‘sha kuni Moskvada bo‘lmagan bo‘lsa-da, uning familiyasi ovoz berganlar ro‘yxatida bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют