» » “O‘zsanoatqurilishbank” Freedom Finance bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor “Investor kuni”ni o‘tkazdi

“O‘zsanoatqurilishbank” Freedom Finance bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor “Investor kuni”ni o‘tkazdi


2019-yil 26-aprel kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Freedom Finance investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda “Investor kuni” onlayn anjumani o‘tkazildi.

Birinchi marta tashkil etilgan “Investor kuni”da O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Freedom Finance investitsiya kompaniyasining Qozog‘istondagi vakolatxonasi vakillari va onlayn ravishda xorijiy va mahalliy investorlar xamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda bankning 2019-yil I choragi moliyaviy natijalari va bankni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, bank rahbariyati hamda Freedom Finance kompaniyasi ekspertlari tomonidan bankning joriy faoliyati xususida chiqishlar qilindi.

Takidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank”da xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqligi oshib bormoqda.

Bularning barchasi bankning kichik biznes va chakana kreditlash hajmlarini oshirishga hamda xizmat ko‘rsatish hajmlarini, ayniqsa chakana xizmatlar ko‘lamini oshirishga imkon berdi.

Jumladan, kichik biznesni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar 7,6 barobarga oshib, I chorak yakuni bo‘yicha 6220 milliard so‘mni, chakana kreditlar 2,1 barobarga oshib 1,92 trillion so‘mni tashkil etgan.

Buning natijasida bank daromadi 48 foizga oshib 706,6 milliard so‘mni, sof foydasi esa 3,5 barobarga oshib, 98,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati dunyoning to‘rt qit’asidagi 17 ta moliya instituti, eng rivojlangan 22 mamlakatning eksport-kredit agentliklarini qamrab oldi.

Bankda ISO 9001:2015 xalqaro standartning talabalariga javob beradigan sifat menejmenti tizimi joriy qilindi va buning uchun 2018-yilda Germaniyaning nufuzli TUV kompaniyasi tomonidan muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan.

Bankka xalqaro Fitch Ratings (BB-) agentligi tomonidan berilgan reyting baholar joriy yilning yanvar oyida bir pog‘ona oshirilib, istiqboli “Barqaror” deya tasdiqlandi.

Shuningdek, xalqaro Standard & Poor’s (B+) hamda milliy Ahbor Reyting (uzA+) agentliklari tomonidan berilgan reytinglar ham barqaror darajasida (“Barqaror”) saqlanib qolindi.

“O‘zsanoatqurilishbank” respublika fond bozorining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Bank aksiyadorlari 34 400 tadan ortiqni tashkil etadi. 2009 yildan bank tomonidan 5 marta korporativ obligatsiyalar va 10 marta depozit sertifikatlari chiqarilib, respublika fond bozori rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Ekspertlar tomonidan bank oddiy aksiyalari sotuvining yuqori o‘sish potensialiga egaligi quyidagicha izohlanmoqda:

– Bank oddiy aksiyalarining fundamental narxidan 30-35 foiz chegirma bilan sotilishi;

– Fond birjasida Bank oddiy aksiyalarining kunlik savdolari amalga oshirilishi hamda I chorak davomidagi savdo hajmlari bo‘yicha top-5 talikda bo‘lishi;

– Bank aksiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi jarayonida mijozlarga anderrayting va konsalting xizmatlarining ko‘rsatilishi.

Ma’lumot uchun

Freedom Finance – Markaziy Osiyoning yetakchi sarmoyaviy brokeri. Kompaniya O‘zbekistonda brokerlik, ishonchli boshqaruv, anderrayting, market-meyker, o‘qitish va tahlil qilish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Kompaniya Freedom Holding Corp. xalqaro xoldingi (AQSh) tarkibiga kiradi.

“O‘zsanoatqurilishbank” Freedom Finance bilan 2018-yildan beri hamkorlik qiladi

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют