» » WBA yangilangan reytingida Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘rinni boy berdi, Shahram G‘iyosov esa kuchli 15 talikka qaytdi

WBA yangilangan reytingida Murodjon Ahmadaliyev birinchi o‘rinni boy berdi, Shahram G‘iyosov esa kuchli 15 talikka qaytdi


Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi. Unda Shahram G‘iyosov yana kuchli 15 talikka qaytdi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) aprel oyi reytingida 14-o‘ringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15talikka kiritilmagandi. Shahram aprel oyi so‘ngida amerikalik Emmanuel Teylorni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 1-o‘rinni boy berdi va bir pog‘ona pastlab 2-o‘ringa joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, 26-apreldan boshlab 90 kun davomida Murodjon Ahmadaliyev Daniel Romanga qarshi bir yo‘la ikkita kamar chempionligi uchun jang qiladi.

Shuningdek, reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) bir oy oldingi ko‘rsatkichidan bir pog‘ona pastlab, 7-pog‘onadan joy olgan. Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinda qolgan.

Reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют