» » Pinngle Navro‘z bilan muborakbod etadi

Pinngle Navro‘z bilan muborakbod etadi


Pinngle jamoasi hammani go‘zal Navro‘z bayrami bilan tabriklaydi va Sizlarga hamda yaqinlaringizga chin dildan baxt, sog‘liq va farovonlik tilaydi!

21-mart, bahorgi tengkunlik sanasida, bahor uzil-kesil o‘z hukmronligini boshlaydi. Bayram arafasida, tonggi yulduz  chiqquniga qadar barcha uy tashvishlarini yakunlash zarur, ya’ni uyni tartibga keltirib, uni bezash, ko‘chada hashar uyushtirish, qarzlarni uzish, xafagarchiliklarni unutish va kechirish lozim. Aks holda Navro‘zning keyingi o‘ttiz kuni davomida qilinadigan barcha ishlarni odam yil bo‘yi qilishiga to‘g‘ri keladi.

Bu kuni kattalar – ota-onalar, ustozlar, murabbiylarning duosini olish, ularni Bayram bilan tabriklash va dildan suhbatlashish juda muhim. Agar siz uchun qadrdon odamlar juda olisda bo‘lsa,  Pinngle har doim sizga yordamga keladi … Qalbingizga yaqin ovozlarni eshitish va qadrdon chehralarni ko‘rish, quvonchingiz va ezgu tilaklaringiz bilan bahamlashish, yangiliklar, oilaviy bazmlardan olingan fotosuratlar va videolar bilan o‘zaro almashish… Va  ular yana yoningizda, hammangiz birgalikda, bir dasturxon atrofida ekaningizni his qilishga imkon beradi!

Bahorgi tengkunlik, ya’ni kun tunga teng bo‘ladigan payt Yerning butunjahon astronomik tenglik davriga o‘tishini boshlab beradi. Shu kuni bizga “Yangi kun”, Navro‘z – bahor va Yangi yil ayyomi kirib keladi. Kelayotgan yil Siz uchun yanada “shirinroq” va baxtliroq bo‘lsin, orzularingiz va o‘ylab yurgan ezgu niyatlaringiz amalga oshsin! Ha aynan shunday bo‘ladi ham… Axir odamlar qadimdan Navro‘zni to‘kin dasturxon atrofida kutgan holda ona zaminga yordam berishgan: ular kabob, mazali palov va an’anaviy bahor taomi bo‘lmish sumalakni tayyorlashgan.  Sumalakning sharofati bilan endi unib chiqqan bug‘doyning hayotga chorlovchi quvvati uzoq qishdan keyin uyg‘onishi kerak bo‘lgan insonga o‘tgan.

Pinngle “Nakleykalar do‘koni” bayram munosabati bilan noz-ne’matlarga to‘la bayram dasturxonidagi sevimli taomlarni aks ettiruvchi maxsus stikerlarni tayyorladi: 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz do‘stlar! Doim salomat, baxtiyor, kuch-quvvatga to‘la bo‘ling! Uyingizdan farovonlik va to‘kin-sochinlik arimasin va Navro‘z bayrami bilan birgalikda uyingizda abadiy qolsin!

Har doim siz bilan aloqada, Pinngle

Har doim va har yerda yaqinlaringiz va qadrdonlaringiz bilan aloqada qoling. Axir cheklovlarsiz muloqotdan ham qimmatliroq narsa bormi?..

Ilovani
YuKLAB OLISh 

Pinngle bepul messenjeri va uning afzalliklari haqida:

Pinngle yomon sifatli internetga moslashtirilgan bo‘lib, boshqa messenjerlar uddalay olmaydigan joyda ham video- va audio-aloqa formatida ishlaydi!

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (17-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют